Ushbu kitobda jamlangan hadislar bilan tanisharkansiz, beixtiyor hayot nafasi ufurib turgan, koʻrinishi xayolni qitiqlaydigan, xush boʻylari tomirlardagi qonni gupirtiradigan va ayni paytda orom, sakinat va xotirjamlik bagʻishlaydigan bir goʻzal bogʻ koʻz oldingizga keladi.
Hadislar bayonining zavqi shunchalar totliki, goʻyo sahifalar ortidan Paygʻambar alayhissalomning ovozlarini eshitganday boʻlasiz…

