Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak
siyratlarini muhtaram o‘quvchilarimizga yetkazish uchun
oson va yengil uslubda yozilgan ushbu kitob ko‘pchilikka man-
faatli bo‘ladi, degan umiddamiz. Zero, Rasululloh sollal-
loxu alayxi vasallamning hayotlari ummat uchun go‘zal
namuna, haqqa chorlov va hayot dasturidir. Bu yozilganlar
u zotning hayotlari va go‘zal sifatlaridan ba’zilari bo‘-
lib, hozirgi kunda ummatlari orasida ko‘tarilib ketgan
ayrim fazilatlarining qisqacha bayonidir.

