• Tarkibi - 95% paxta, 5% laykra
• Matoning tuzilishi - Ribana (qovurg‘ali)
• Kroy - Tor (yopishgan)
• Bo‘yin chizig‘i - Dumaloq
• Yeng - ½ (tirsakkacha)
• Ishlab chiqarilgan joy - O‘zbekiston
Laykra qo‘shilgan paxtadan tikilgan qora tor futbolka — bu har bir qizning garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan bazaviy kiyim. Yumshoq ribana mato tanaga yoqimli, yaxshi cho‘ziladi va yuvilgandan keyin shaklini yo‘qotmaydi.
½ yeng (tirsakkacha) va yopiq dumaloq bo‘yin chizig‘i toza, sokin siluet yaratadi. Futbolka kundalik kiyish, ofis va maktab uchun mos keladi. Qora rang uni universial qiladi — jinsi, yubka, shim, pidjak va kardigan bilan yaxshi kombinatsiyalanadi.
Model tanaga yopishadi, siluetni ta’kidlaydi, lekin elastik tarkibi tufayli harakatga to‘sqinlik qilmaydi. Qulaylik va estetikani qadrlaydigan, garderobida ishonchli bazaga ega bo‘lishni xohlaydiganlar uchun ajoyib tanlov.

