Tovar tavsifi:
"Shuhrat" medali sovrindori Normurod Norqobilov o'zining badiiy iste'dodi bilan adabiyot olamida muhim o'rin tutgan yozuvchidir. Uning asarlari ko'plab kitobsevarlar tomonidan sevib mutolaa qilinmoqda. "Paxmoq" qissasida hayvonlar obrazida insoniy fazilatlar chuqur ochib beriladi.
Asar qahramoni bo'ri — Paxmoq onasidan erta ayrilib, o'rmonning qat'iy qonunlari va odamlarning sovuq niyatlari ostida omon qolish uchun kurashga kirishadi. Dahshatga soladigan "inson hidi" va ovchilarning g'arazli niyatlari Paxmoqni tinchlikdan mahrum etadi. Asar o'quvchini tabiatni asrashga, hayvonlarning dunyosiga mehr bilan qarashga chorlaydi. 240 sahifadan iborat ushbu kitob badiiy adabiyot ixlosmandlari uchun mukammal tanlovdir.
Tovar xususiyatlari:
Kitob nomi: Paxmoq (qissa va hikoyalar to'plami)
Muallif: Normurod Norqobilov
:Nashriyot: "Oltin qalam" nashriyoti
Turkumi: Abadiy barhayot asarlar
Nashr yili: 2025
Sahifalar soni: 240 bet
UOʻK / KBK: UOʻK: 821.189.145-002, KBK: 84(5O)-44
Yosh cheklovi: 16+ (Katta yoshdagi kitobxonlar va o'smirlar uchun)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O'zbekiston


