«Ixlos yoxud Beshinchi tog‘» ning aksar qismi (asosiy qismi, desak ham bo‘laveradi) qayg‘u, yo‘qotishlar, umidsizliklar, ammo shu bilan birga, umr deb atalmish yo‘lda uzoq davom etadigan mashaqqat ila qo‘lga kiritilajak hayotning maʼno-mazmuni, inson o‘z o‘zanini topishi haqidadir.
Balki siz muallifning boshqa kitoblarini ko‘p marotaba mutolaa qilgandirsiz, balki kitobga asos bo‘lgan rivoyatlardan ham xabardor bo‘lib chiqarsiz, lekin shunisi aniqki, asarda tasvirlangan azob - uqubatlarga qaramay, muallifning ko‘ngilni tinchlantiruvchi, dil yarasiga malham berguvchi roman yoza olganiga qoyil qolmay ilojingiz yo‘q.
Gapning indallosini aytganda, ko‘hna Akbar shahri, tilsimli Beshinchi tog‘, qaddi bukilmas Finikiya, alalxusus, inson qudratiga, kelajakka ishonch tuyg‘usi ila kitob bitgan Paulo Koelyo olamiga marhabo!

