📘 PATOLOGIK ANATOMIYA (umumpatologik jarayonlar)
Darslik
Muallif: A.R. Mamataliyev
Nashriyot: «JAHONA NASHR»
Yil: 2025
Hajmi: 736 bet
Format: A5
Muqova: Qattiq
Qog‘oz: Oq ofset
Bosma: Rangli
Mazkur darslik patologik anatomiyaning umumiy qismiga bag‘ishlangan bo‘lib, organizmda yuz beradigan asosiy umumpatologik jarayonlarning morfologik va patogenetik asoslarini chuqur yoritadi.
Kitobda hujayra va to‘qimalardagi shikastlanish, distrofiyalar, nekroz, qon aylanish buzilishlari, yallig‘lanish, immunopatologik jarayonlar, o‘sma o‘sishi hamda kompensator-moslashuv reaksiyalari zamonaviy ilmiy qarashlar asosida tizimli bayon qilingan.
Rangli mikrofotografiyalar va sxemalar nazariy bilimni mustahkamlashga yordam beradi hamda patologik o‘zgarishlarni aniq tasavvur qilish imkonini beradi.
📌 Patologik anatomiya fanini puxta o‘zlashtirish va klinik tafakkurni rivojlantirish uchun muhim akademik darslik.

