Kitob tavsifi:
Nashr ikki qismdan — umumiy va xususiy patologik anatomiyadan iborat.
Umumiy patologiya kursi yangi materiallar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, unda hujayra patologiyasi, shok va sklerozga bag‘ishlangan ma’lumotlar keltirilgan.
Ikkinchi qismga yangi boblar va kichik bo‘limlar kiritilgan. Ularda trombotsitopatiyalar, serebrovaskulyar kasalliklar, vaskulitlar, o‘tkir bronxit, interstitsial nefrit, suyak-mushak tizimi hamda markaziy asab tizimi kasalliklari haqida ma’lumotlar berilgan.
Darslik tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davolash, pediatriya va stomatologiya fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan.

