Mahsulot tavsifi
Tabiiy yong‘oq yog‘ochidan tayyorlangan o'lchamlari 24smga 35.5smli padnos kundalik foydalanish va bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlovdir. Yog‘ochning tabiiy tuzilishi va betakror naqshlari har bir taomga o‘ziga xos ko‘rinish beradi.
Padnos dimlama, shashlik, qozonkabob, somsa, non, meva, shirinliklar hamda boshqa milliy va zamonaviy taomlarni chiroyli tortish uchun mos. Mustahkam, ekologik toza va uzoq muddat xizmat qiladi.
Xususiyatlari:
Material: tabiiy yong‘oq yog‘ochi
O'lchamlari: 24 smga 35.5sm
Oqartiruvchi va zararli moddalar ishlatilmagan
Mustahkam va uzoq xizmat qiladi
Kundalik foydalanish va sovg‘a uchun mos
Parvarish qilish bo‘yicha tavsiya:
Padnos foydalanilgandan so‘ng yumshoq gubka bilan qo‘lda yuvilishi tavsiya etiladi. Idish yuvish mashinasida yuvmaslik, suvda uzoq vaqt qoldirmaslik va quritgandan so‘ng quruq joyda saqlash tavsiya etiladi.

