• Mamlakat: Turkiya
• Brend: SHAIK
• Turi: Parfyumeriya suvi
• Jins: Uniseks (erkaklar va ayollar uchun)
• O'xshashligi: Tom Ford Cherry Smoke
SHAIK №537 (Tom Ford Cherry Smoke) — olchaning sirli va qorong'u, isxor etuvchi hamda o'ziga rom etuvchi tomonini ochib beruvchi serhasham uniseks ifori. Sersuv qora olcha va ekzotik za'faronning yorqin boshlanishi, charm, xushbo'y osmantus hamda tutunli-yog'ochli asosning uyg'unligi egasiga o'zgacha joziba bag'ishlaydi.
Ifor sersuv qora olcha (vishnya) va o'tkir sharqona za'faronning yorqin akkordlari bilan ochiladi. Yurak qismida asil charm, xitoy osmantusi, o'rik va zaytun novdasi notalari taraladi. Asosiy qismida esa tutunli yog'och akkordi, qimmatbaho yog'ochli notalar va kipriol (nagarmotha) birlashib, juda boy, sirli va mustahkam shleyf hosil qiladi.
SHAIK №537 — HID NOTALARI
🍒 Yuqori notalar: qora olcha (vishnya), za'faron
🌸 O'rta notalar: charm, xitoy osmantusi, o'rik, zaytun
🪵 Asosiy notalar: tutunli aksept, yog'ochli notalar, kipriol (nagarmotha)
• Hajmi: 50 ml
• Konsentratsiya: Eau de Parfum (EDP)

