• Mamlakat: Turkiya
• Brend: SHAIK
• Turi: Parfyumeriya suvi
• Jins: Uniseks (erkaklar va ayollar uchun)
• O'xshashligi: Le Labo Santal 33
SHAIK №269 — erkinlik ruhi, zamonaviy nisheviy uslub, maftunkor salobat va o'zgacha estetikani o'zida mujassam etgan afsonaviy uniseks ifor. U qimmatbaho sandal va sadr yog'ochlarining chuqur harorati, kardamon ziravorlarining o'tkirligi hamda kukunsimon gullar va yumshoq charm akkordlarining mukammal uyg'unligi bilan birinchi soniyalardanoq o'ziga jalb qiladi.
Ifor o'tkir kardamon, nafis binafsha va asil iris gulining kukunsimon (pudrovy) akkordlari bilan ochiladi. Yurak qismida qadimiy papirus, ipakdek yumshoq charm (koja) hamda ambrali notalar namoyon bo'lib, sirlicha va ehtirosli joziba bag'ishlaydi. Asosiy qismda esa olijanob Avstraliya sandal yog'ochi hamda Virjiniya sadr yog'ochi (kedr) birlashib, juda boy, haroratli va mustahkam shleyf hosil qiladi.
SHAIK №269 — HID NOTALARI
🌿 Yuqori notalar: kardamon, binafsha (fialka), iris
📜 O'rta notalar: papirus, charm (koja), ambroksan
🪵 Asosiy notalar: sandal yog'ochi, sadr yog'ochi (kedr)
• Hajmi: 50 ml
• Konsentratsiya: Eau de Parfum (EDP)

