• Mamlakat: Turkiya
• Brend: SHAIK
• Turi: Parfyumeriya suvi
• Jins: Erkaklar uchun
• O'xshashligi: Hugo Boss HUGO Now
SHAIK №619 — ozodlik, zamonaviy shahar energiyasi, muzdek tazalik hamda o'ziga bo'lgan cheksiz ishonchni o'zida mujassam etgan yorqin erkaklar ifori. U muzdek suvli va sitrusiy akkordlar hamda asil vetiverning mukammal uyg'unligi bilan birinchi soniyalardanoq tetiklik va ko'tarinki kayfiyat bag'ishlaydi.
Ifor limon qobig'i hamda achchiq-xushbo'y kardamonning yorqin va tetiklashtiruvchi akkordlari bilan ochiladi. Yurak qismida muzdek suvli notalar, salqin yalpiz hamda nafis lavandaning g'ayratli va zamonaviy jozibasi namoyon bo'ladi. Asosiy qismda esa asil vetiver hamda pamplevud yog'ochi birlashib, juda boy, g'ayratli va mustahkam shleyf hosil qiladi.
SHAIK №619 — HID NOTALARI
🍋 Yuqori notalar: kardamon, limon qobig'i (zedra)
🌊 O'rta notalar: suvli notalar, muz, yalpiz, lavanda
🪵 Asosiy notalar: vetiver, pamplevud (yog'ochli notalar)
• Hajmi: 50 ml
• Konsentratsiya: Eau de Parfum (EDP)

