• Mamlakat: Turkiya
• Brend: SHAIK
• Turi: Parfyumeriya suvi
• Jins: Erkaklar uchun
• O'xshashligi: Armand Basi In Blue
SHAIK №03 — erkinlik, havo tazaligi, uslub va erkaklarga xos salobatni o'zida mujassam etgan afsonaviy ifor. U serquyosh sitruslar tazaligi, o'tkir ziravorlar va asil yog'ochli-moxli akkordlarning mukammal uyg'unligi bilan birinchi soniyalardanoq tetiklik hamda o'ziga bo'lgan ishonchni bag'ishlaydi.
Ifor shira to'la bergamot, greypfrut, mandarin hamda xushbo'y coriandrning yorqin va tazalikka boy akkordlari bilan ochiladi. Yurak qismida nafis lotos, neroli, o'tkir qora murch hamda qora smorodina kurtaklarining zamonaviy jozibasi namoyon bo'ladi. Asosiy qismda esa asil yog'ochli notalar, eman moxi hamda pachuli birlashib, juda boy, g'ayratli va mustahkam shleyf hosil qiladi.
SHAIK №03 — HID NOTALARI
🍋 Yuqori notalar: bergamot, greypfrut, mandarin, coriandr
🫚 O'rta notalar: lotos, neroli, qora murch, qora smorodina
🪵 Asosiy notalar: yog'ochli notalar, eman moxi, pachuli
• Hajmi: 50 ml
• Konsentratsiya: Eau de Parfum (EDP)

