• Mamlakat: Turkiya
• Brend: SHAIK
• Turi: Parfyumeriya suvi
• Jins: Uniseks (Ayollar va erkaklar uchun)
• O'xshashligi: Louis Vuitton Symphony
SHAIK (Louis Vuitton Symphony) — yuqori did, soflik va zamonaviy dhashamni o'zida mujassam etgan premium uniseks ifor. U quyoshli sitruslar va o'tkir zanjabilning drayvga boy akkordlari bilan birinchi soniyalardanoq kayfiyatni ko'taradi hamda atrofidagilarni maftun etadi.
Ifor suvli greypfrut, bergamot va apelsinning tetiklashtiruvchi yorqin akkordlari bilan ochiladi. Yurak qismida achchiq zanjabilning (ginger) issiq va ziravorli jozibasi namoyon bo'ladi. Asosiy qismda esa olijanob sitrusiy notalar, musk va yumshoq yog'ochli akkordlar birlashib, juda boy, toza va mustahkam shleyf hosil qiladi.
SHAIK (Louis Vuitton Symphony) — HID NOTALARI
🍊 Yuqori notalar: greypfrut, bergamot, apelsin
🫚 O'rta notalar: zanjabil
🪵 Asosiy notalar: sitrusiy notalar, musk, yog'ochli akkordlar
• Hajmi: 25 ml
• Konsentratsiya: Eau de Parfum (EDP)

