• Mamlakat: Turkiya
• Brend: SHAIK
• Turi: Parfyumeriya suvi
• Jins: Erkaklar uchun
• O'xshashligi: Lacoste Pour Homme
SHAIK №79 — nafosat, bosiq olijanoblik va erkinlik xarakterini o'zida ifodalovchi afsonaviy erkaklar ifori. Mevali shirinlik, issiq ziravorlar hamda olijanob yog'ochli-romli asosning mukammal uyg'unligi har qanday vaziyatda o'zingizni beqiyos his qilishingizni ta'minlaydi.
Ifor sersuv olxo'ri, xushbo'y olma, nordon greypfrut va bergamotning yorqin hamda jozibali akkordlari bilan ochiladi. Yurak qismida issiq dolchin (koritsa), pushti murch, kardamon va archa rezavorlarining (mojjevelnik) maftunkor dueti namoyon bo'ladi. Asosiy qismda esa shirin vanil, mast qiluvchi rom, yumshoq muskus, sandal, asil sadr yog'ochi va labdanum birlashib, juda boy, olijanob va mustahkam shleyf hosil qiladi.
SHAIK №79 — HID NOTALARI
🍎 Yuqori notalar: olxo'ri, olma, greypfrut, bergamot
🌶️ O'rta notalar: dolchin (koritsa), pushti murch, kardamon, archa rezavorlari (mojjevelnik)
🪵 Asosiy notalar: vanil, rom, muskus, sandal, sadr yog'ochi, labdanum
• Hajmi: 50 ml
• Konsentratsiya: Eau de Parfum (EDP)

