• Mamlakat: Turkiya
• Brend: SHAIK
• Turi: Parfyumeriya suvi
• Jins: Ayollar uchun
• O'xshashligi: Jo Malone Blackberry & Bay
SHAIK №266 — tabiatning musaffoligi, yashillik salqini va suvli meva jozibasini o'zida ifodalovchi maftunkor ayollar ifori. Nordon-shirin yejevika va asil lavr barglarining betakror uyg'unligi egasiga begubor, yengil va nafis kayfiyat bag'ishlaydi.
Ifor sersuv yejevika (maymunjon) va nordon greypfrutning yorqin hamda tetiklantiruvchi akkordlari bilan ochiladi. Yurak qismida asil lavr barglari va nafis gul notalarining maftunkor dueti namoyon bo'ladi. Asosiy qismda esa nam vetiver va olijanob sadr yog'ochi birlashib, juda boy, musaffo va mustahkam shleyf hosil qiladi.
SHAIK №266 — HID NOTALARI
🫐 Yuqori notalar: yejevika (maymunjon), greypfrut
🍃 O'rta notalar: lavr barglari, gul notalari
🪵 Asosiy notalar: vetiver, sadr yog'ochi
• Hajmi: 50 ml
• Konsentratsiya: Eau de Parfum (EDP)

