OMAF luxe BLACK MUSK 100 ML (W)
"OMAF"dan ajoyib his-tuyg'ularni uyg'otuvchi "BLACK MUSK" ifori – insonni o'ziga tortuvchi noyob xususiyatga ega.
Yuqori notalar: bodom, qahva, bergamot va limon;
O'rta notalar: tuberoza, jasmin sambak, apelsin guli, iris ildizi va bolgar atirguli;
Asosiy notalar: tonka dukkaklari, kakao, vanil, praline, sandal, mushk, kashmir daraxti, anbar, dolchin, pachuli va kedr.
"OMAF"dan "BLACK MUSK" iforining o'ziga jalb qiluvchi notalari sizni maftun etadi va o'zidan keyin yorqin taassurot qoldirgan holda kunduzgi va oqshom uchun mo'ljallangan obrazingiz bilan mukammal darajada uyg'unlashadi.

