Ayollar uchun Love Potion (Lav Poushen) parfyumeriya suvi
Aqlni shoshiradigan ishq, yorqin his-tuyg‘ular va haqiqiy rohatga to‘la tun... Zanjabil, shokolad va kakao gulining sehrli notalari uyg‘unlashgan iliq sharqona-mevali atir romantik kayfiyat yaratib, muhabbat va ehtiros tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Uning ilk notalarida shirin shokolad, mandarin va zanjabilning iliq uyg‘unligi his etiladi. Yurak notalarida yasemin, kakao va atirgulning nafis aralashmasi romantik va sirli kayfiyatni yaratadi. Bazaviy notalarda esa mushk, vanil va sadr yog‘i iliq, nafis hamda uzoq vaqt saqlanib turadigan iz qoldiradi.

