• Mamlakat: Turkiya
• Brend: CLIVE & KEIRA
• Turi: Parfyumeriya suvi
• Jins: Ayollar uchun
• O'xshashligi: Lanvin Éclat d'Arpège
CLIVE & KEIRA №1026 — bahoriy poklik, ayollik nafosati va samimiy go'zallikni o'zida birlashtirgan afsonaviy ayollar ifori. Yashil sireni va sitruslarning yengil tazeligi, sersuv shaftoli guli hamda yashil choy va mushkli-ambrali asosning uyg'unligi egasiga betakror muloyimlik va ko'tarinki kayfiyat bag'ishlaydi.
Ifor yashil sireni (siren) hamda Sitsiliya limonining yorqin va tetiklantiruvchi akkordlari bilan ochiladi. Yurak qismida nafis shaftoli guli, xushbo'y yashil choy barglari, qizil pion hamda visteriya gullarining maftunkor guldastasi namoyon bo'ladi. Asosiy qismda esa olijanob ambra, oq sadr yog'ochi hamda yumshoq mushk birlashib, juda nafis, chidamli va yoqimli shleyf hosil qiladi.
CLIVE & KEIRA №1026 — HID NOTALARI
🌸 Yuqori notalar: yashil sireni (siren), Sitsiliya limoni
🍃 O'rta notalar: shaftoli guli, yashil choy, qizil pion, visteriya
✨ Asosiy notalar: ambra, oq sadr (kedr), mushk
• Hajmi: 30 ml
• Konsentratsiya: Eau de Parfum (EDP)

