Chanel parfyumeriya brendining butun nafisligi va hashamati kuchli erkaklar uchun yaratilgan maftunkor, bosh aylantiruvchi Bleu De Chanel Parfum kompozitsiyasida mujassam. Ushbu jozibali aromat 2018-yilda ommaga taqdim etilgan bo‘lib, juda qisqa vaqt ichida yirik shaharlarning zamonaviy aholisi — ishbilarmon, maqsadli va ambitsiyali erkaklar orasida haqiqatdan ham katta mashhurlikka erishdi.
Aromat ustida o‘z ishining ustasi, parfyumeriya olamining yorqin yulduzi — Olivye Polj ishlagan. Natijada kuch, erkinlik va o‘ziga ishonganlikni ifodalovchi, chuqur va betakror kompozitsiya yaratildi.

