• Acqua di Gio Giorgio Armani iforining yangi versiyasi
Bo‘ron haqida ogohlantirish! Yalpiz to‘lqini o‘tkir his-tuyg‘ularni qamrab oladi va ochiq okeanga olib ketadi. Mana, siz endi shaharlik emas, o‘rmon nimfasi, tropik sirenasiz. Sizning o‘rningiz o‘sha yerda, yorqin quyosh, aql bovar qilmas kuchga ega bo‘lgan sho‘r okean va barmoqlarni qitiqlaydigan iliq qumli xilvat ko‘rfazda.
Aqua di Laguna - o‘zgarish ifori, nam, tropik, terida g‘aroyib tarzda ochiladigan yorqin gullar bilan. Romantik va bir vaqtning o‘zida yorqin bo‘lgan bu hid jazirama kun yoki yoz oqshomi uchun juda mos keladi. Oson va yorqin bo‘lib, u tabiiy unsurlar va shahar shovqinini uyg‘unlashtirib, qulay makon yaratadi.
Hidning mayinligi mantiqan kedr ziravori va shakar bilan yakunlanadi. Siz o‘zingizda yorqin musaffolikni his qilasiz va Aqua di Laguna olamiga butunlay singib ketishni xohlaysiz.
OILASI: Gulli suvo‘tlar.
BOSHLANG‘ICH NOTALAR - Limon, Yalpiz.
YURAK NOTALARI - Jasmin, Pion, Pushti qalampir.
SHLEYF NOTALARI - Kedr, Labdanum, Saxar.

