Umidlarning puchga chiqishi nima ekanini bilasanmi?
Yoki sira eshitmaganmisan? Masalan, nimanidir orzu qilasan, uni chin qalbdan xohlaysan. Lekin kutgan kuning kelganida o‘sha orzung amalga oshmaydi. Birdaniga kayfiyating tushib ketadi, ranjiysan. Umidlaringga chirs etib darz ketadi.
Boshqalar eshitmasa ham, sen eshitasan buni.
Mana, yana o‘sha tovush...
Chirs!

