Shirin paprika – yorqin qizil, mayin ta'mli va o‘tkirliksiz ziravor bo‘lib, quritilgan va maydalangan qizil qalampir mevalaridan tayyorlanadi. Uning ifori yengil tutunsimon, ta’mi esa shirin va yoqimli bo‘lib, taomlarga nafis rang va xushbo‘y ta’m bag‘ishlaydi. Paprika tarkibida antioksidantlarga boy bo‘lgan C va A vitaminlari, shuningdek, organizm uchun foydali minerallar mavjud. U go‘sht, parranda, baliq, sabzavotli taomlar hamda sho‘rvalarga nozik va mazali tus berish uchun ishlatiladi. Ayniqsa, Yevropa va Osiyo oshxonalarida keng qo‘llaniladi.

