MOTARRO brendining A4 formatdagi papka-konvertlari hujjatlar, daftarlar, shartnomalar, sertifikatlar va boshqa muhim qog'ozlarni tartibli va xavfsiz saqlash uchun mo'ljallangan. Yorqin qushchali dizayni mahsulotga zamonaviy va chiroyli ko'rinish beradi.
Mustahkam plastik materialdan tayyorlangan bo'lib, hujjatlarni namlik, chang va bukilishdan himoya qiladi. Qulay tugmali yopilish hujjatlarning tushib ketishini oldini oladi. Maktab, universitet, ofis va kundalik foydalanish uchun ideal tanlov.

