PAPAINOL
Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma
Savdo nomi: PAPAINOL
Tarkibi: Faol moddalar
1 kapsula o`z ichiga:
Papaya tabiiy kukuni 400mg (Carica papaya).
Yordamchi moddalar: kalsiy stearat, kraxmal, saxaroza.
Qo’llanilishi:
-osteoxondroz va disk churrasi kasalliklarida yordam beradi;
-xolesterin miqdorini kamaytiradi va tromblar xosil bo’lishini oldini oladi;
-immun tizimini mustahkamlashda;
-tanadagi ortiqcha miqdordagi vaznni ketkazishga yordam beradi;
-disk churrasi (grija) da jarrohlik amaliyotidan keyingi profilaktika uchun qo’llaniladi.
Qo’llash usuli va dozalari:
PAPAINOL suv bilan birga ichga qabul qilinadi.
1 kapsuladan 2 marta sutkasiga.
Nojo’ya ta`sirlari:
Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik .
Chiqarilish shakli:
- kapsula 30 tadan qo’llash bo`yicha yo’riqnoma bilan birga karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti: yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati: 2 yil.
Dori vositasi emas. BFQ

