Shilingan, yallig'langanda yoki hashoratlarning chaqishi mavjudmi?
Sovuq, issiq yoki shamolning ta'siridan keyingi noxush hissiyotmi?
Bizning ilg'or universal qutqaruvchi gelimizni o'zingiz bilan birga olib yuring va hamma narsaga tayyor turing!
Uning ultrazamonaviy formulasi terini kompleks ravishda parvarishlaydi va tezda tiklanishiga yordam beradi. Tarkibida terining zararlangan joylarini yallig'lanishdan himoyalovchi va hujayralarning tiklanishini tezlashtiruvchi ilmiy asoslangan D-pantenol va E vitaminlari, beqiyos ignabargi birikmasi, gialuron kislotasi, skvalen va shuningdek, terining to'laqonli oziqlanishi, namlanishi va yangilanishi uchun zarur bo'lgan - Sibir o'simliklari ekstraktlari mavjud.
Yengil tuzilishga egaligi sababli zararlangan terini shikastlamaydi, tez singadi va yog'li iz qoldirmaydi.
Tiklantiruvchi gel qanday ta'sir qiladi?
• Gialuronat natriy ExceptionHYal® Relief
Gialuron kislotasining har xil molekulyar moddalar bilan aralashmasi terining namlanishi va hujayralarning tiklanishi tezlashishini ta'minlagan holda chuqur kirib boradi va uning turli qatlamlariga ta'sir qiladi.
• E vitamini
Yumshatadi, oziqlantiradi va hujayralar yangilanishini tezlashtiradi. Go'zal va sog'lom teri uchun asosiy vitamin!
• D-пантенол 3%
Teri shilingan, jarohat olgan va yallig'langanda epiteley to'qimasini tiklashga yordam beruvchi universal ingrediyentlardan tashkil topgan. Samarasi ilmiy tadqiqotlar asosida isbotlangan!
• Magnoliya ekstrakti
Yuqori miqdorda polifenollarning mavjudligi (98%dan kam bo'lmagan) tufayli antibakterial va shamollashga qarshi ta'sirga ega.
• Tamanu moyi (Aleksandriyeskiy dafna daraxti)
Tarkibidagi kalofill kislota va immunostimulyatsiyalovchi kalofillolid moyga boyligi sababli terining tuzalishini va hujayralarning jonlanishini tezlashtiradi. Terini yaxshi namlantiradi, yallig'lanishini pasaytiradi.
• Ignabargli yarimvitaminli kompleks.
Tarkibida Sibir ignabargli daraxti va yashil archasining ekstraktlari mavjud. Antibakterial va yarani davolovchi xususiyatga ega, terining quruqshashi va yallig'lanishini kamaytiradi.
• Skvalen
Terida himoya qobig'ini yaratib, namlikning yo'qolishiga to'sqinlik qiladi hamda terida kislorod almashinuvini yaxshilaydi. Tarkibida Mastxev mavjud bo'lgan quruq va dag'allashgan teri uchun!
Universal tiklantiruvchi gel Siz uchun tengi yo'q yordamchi:
— kichik jarohat, tilingan (kesilgan) va tirnalgan holatlarda;
— hashoratlar chaqqanda;
— sovuq urganda, yengil darajadagi quyosh, issiqlik va maishiy, shuningdek, kosmetik muolajalardan so'ng yuz terisining kimyoviy kuyishi hollarida;
— quruq, dag'allashgan va suvsizlangan terida;
— terining turli xil ko'rinishdagi yallig'lanishida (soqol olgandan so'ng, yara toshganda).
Shuningdek, husnbuzar toshgan terini qayta tiklanishiga yordam beradi, teri kasalliklaridan (neyrodermatit) keyin qolgan dog'larga foydali ta'sir ko'rsatadi.
Shikastlangan teri uchun nozik parvarish!
Gel shakli teriga oson surtilishni va ortiqcha iz qoldirmasdan tez singishini ta'minlaydi.
Professionallar tayyorlagan mahsulot foydalanuvchilar tomonidan ma'qullangan!
90% ortiq respondentlar quydagilarni tasdiqlashadi*:
— qo'llashdagi qulaylik va yallig'lanishning yo'qligi;
— quruq va dag'allashgan terini tiklashdagi samaradorlik.
Bolalarga qoʻllashdan avval shifokor maslahati va ularni balzamni koʻtara olishlikka tekshirib ko'rish zarur.
Mahsulot bolalar vositasi sifatida tashqariga qoʻllash uchun sertifikatsiya qilinmagan.
Ehtiyotkorlik bilan qo'llang.

