"Panchatantra" – ko'hna Hindistonning eng qadimiy va Durdona asarlaridan bo'lib, bu Nodir qo'llanma insoniy tuyg'ular tarannumiga bag'ishlanadi. Kitob insonni yashashga o'rgatadi, shuningdek, olijanoblik, yaxshi xulqlarni targ'ib qiladi."Panchatantra"ning badiiy o'ziga xosliklari tamomila o'zgacha bir go'zallikdir. Bunda uslub va usullar ham tamomila o'zgacha.Unda hikoyatlardan hikoyatlar kelib chiqadi.Har bir hikoyat go'zal va teran hikmatga ega bo'lgan bayt bilan boshlanadi va shu bayt bilan tugallanadi.

