Palma – uy va ofis uchun mo‘ljallangan tabiiy dekorativ o‘simlik. Katta va chiroyli barglari bilan xonaga zamonaviy va yashil ko‘rinish beradi. Interyerga mos tushadi, keng xonalar va ish joylari uchun yaxshi tanlov.
Parvarishlash yo‘riqnomasi:
Yorug‘ joyni yaxshi ko‘radi, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyoshdan saqlang
Tuproq biroz nam bo‘lib turishi kerak, haftasiga 1–2 marta sug‘oring
Sovuq va shamoldan saqlang
Barglarini vaqti-vaqti bilan namlab turish foydali
Tuproqni vaqti-vaqti bilan yumshatish tavsiya etiladi
Yantar (янтар kislotasi) ishlatish:
1 litr suvga 1 dona (yoki 1 g) eritiladi
Oyiga 1–2 marta sug‘orish yoki bargiga sepish mumkin
Ildiz tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘sishni rag‘batlantiradi
O‘simlik tezroq moslashishiga yordam beradi
To‘g‘ri parvarish qilinganda uzoq vaqt yashil va chiroyli holatda saqlanadi, xonaga tabiiy muhit beradi.

