Ochiltiruvchi emulsiyali flakon ochiladi va flakon ichidagi hamma narsa shisha yoki chinni kosachaga siqib chiqariladi. Juda kalta sochlar uchun yoki o‘sib ketgan soch ildizlariga surtishda tarkibning faqat yarmidan foydalaning. Bo‘yoq kremi solingan tyubikni oching va ochiltiruvchi emulsiyaga bo‘yoq kremini qo‘shing.Barcha komponentlar bir xil aralashma hosil qilguncha yaxshilab aralashtiring. Aralashmani quruq sochlarga mo‘yqalam va taroq yordamida, ensa va oq sochli joylardan boshlab surting. Soch ildizidan 2 sm masofada surtishni boshlang. Aralashmani sochning butun uzunligi bo‘ylab bir tekis surting. Keyin aralashmani ildizlarga surting. Aralashmani ta’sir qilish uchun 30 daqiqaga qoldiring.Ta’sir qilish vaqti tugagach, suv tiniqlashguncha sochlarni yaxshilab chaying.

