“Палестина: если мне надо будет умереть…” – jurnalist va yozuvchi Надежда Кеворкованing hujjatli-publitsistik asari bo‘lib, u Falastin xalqining so‘nggi 75 yil ichidagi hayoti, kurashi va zulm sharoitida yashash haqidagi voqealarni yoritadi. Kitobda real faktlar, guvohlarning hikoyalari, intervyular va muallifning shaxsiy kuzatuvlari asosida Falastin muammosi chuqur tahlil qilingan.
Asarda o‘quvchi Falastinliklarning kundalik hayoti, erkinlikka bo‘lgan intilishi, bosqin, blokada, deportatsiya, hibsga olish va urush tahdidlarida yashashga majbur bo‘lgan millionlab insonlarning dardu hasratlarini his qiladi. Kitob dunyo siyosiy pozitsiyalarini ham tahlil qilib, sukut va befarqlikning qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatadi.
Ushbu kitob Falastin mavzusi, inson huquqlari va zamonaviy tarixga qiziqadigan kitobxonlar uchun muhim manba bo‘la oladi.

