PACIFIC CHILL by LOUIS VUITTON — yozgi sohil muhiti va tetiklikdan ilhomlangan, nihoyatda yoqimli va yangicha ifor.
Atir qora smorodina, sitron va limonning shirali notalari bilan ochiladi. Yurak notalarida yalpiz, rayhon va koriandrning tetiklantiruvchi ifori namoyon bo‘ladi. Yakunda anjir, finik va ambretta mayin, yoqimli va esda qolarli ifor qoldiradi.
PACIFIC CHILL — yangi, mevali va o‘ziga xos iforlarni sevuvchilar uchun ajoyib tanlov. Salqinlik, erkinlik va yozgi kayfiyat bag‘ishlaydi. Erkaklar va ayollar uchun mos uniseks atir.

