E. L. Jeymsning trilogiyasi butun dunyo bo‘ylab millionlab kitobxonlarning qalbidan joy olib, chinakam adabiy shov-shuvga aylandi.
Erkaklaru ayollar — xoh romantik asarlar yoki ehtirosli badiiy adabiyot ixlosmandlari bo‘lsin, xoh odatda jiddiy adabiyot yoki hujjatli asarlarni afzal ko‘ruvchilar bo‘lsin — barchasi Anastasiya va Kristian o‘rtasidagi munosabatlarni katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib bordilar. Dunyo bu trilogiyaga ochiqchasiga tan berganlar hamda unga bo‘lgan qiziqishini sir tutishni afzal ko‘rganlarga bo‘linib ketdi.
Uchinchi va yakuniy qism juftlik munosabatlariga nuqta qo‘yadi. Nihoyat, biz Anastasiya Kristianni uning qalbidagi "ellik xil qorong‘ulik"ni yengish mumkinligiga hamda u ham boshqalar kabi yashash va sevishga qodir ekanligiga ishontira olgan-olmaganini bilib olamiz.

