Mutasavvif olim va avliyo Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy bobomizning asarlari haqiqiy xazina bo‘lib, uning hayot yo‘li, ustoz va shogirdlar bilan munosabatlari alohida ma’naviy maktabdir. Mazkur kitobda bu buyuk mutafakkirning tug‘ilganidan boshlab hayoti, ilm pillapoyalaridan ko‘tarilishi, onasiga, oilasiga va farzandlariga bo‘lgan munosabati batafsil bayon etilgan. Kitob tariqat tarixiga qiziquvchi va buyuk so‘fiy ulamo hayoti haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishni istagan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

