• Ozod Mo'min: Mo'jiza inson - Hazrati Imom Buxoriy
Ushbu asar tariximizda o‘tgan buyuk alloma Imom Buxoriyning hayot yo‘liga bag‘ishlangan.
Yozilishida o‘ziga xos uslub qo‘llanilgan, ya’ni voqealar rivoji davomida har bir tarixiy shaxs haqida manbalarda saqlanib qolgan, mutaxassislar tomonidan tekshiruvdan o‘tgan tarixiy ma’lumotlar berib borilgan. Ular bilan tanishib borish o‘quvchilarga o‘sha davr ilmiy hayoti ko‘lamini va o‘sha zotning olimlik darajasini his etishda yordam beradi.
Yozuvchi ijodiy jarayonda o‘zi lozim topgan syujetlarni quradi, turli to‘qimalardan, taxminlardan va farazlardan foydalanadi. Shuning uchun bu badiiy adabiyot namunasidir. Imom Buxoriy Xalqaro Ilmiy Tadqiqot Markazi mutaxassislari asarni sinchiklab o‘qib chiqib, o‘z tavsiyalarini berganlar.

