Muallif ushbu asarida inson hayotida o‘z-o‘zini nazorat qilish qanchalik muhimligini tushunarli va ta’sirchan tarzda ochib bergan. U o‘zini tuta bilishni shunchaki odat emas, balki podshohlikka teng fazilat deb biladi. Zero, nafsini yenggan inson dunyodagi har qanday to‘siq va sinovlarga duch kelishi, ularni mardonavor yengib o‘tishi mumkin.

