Senga o'zingdan boshqa hech kim kerak emas. Eng yomon kuningni esla: "Men yoningdaman", deganlar ko'p edi, lekin o'sha og'ir kunlarda yolg'iz qolib ketmadingmi? Yiqilgan payting yana o'zingga suyanib, oʻrningdan turmadingmi? To'yib ketgan paytlaring yolg'iz yig'lamadingmi? Sendan so'rayapman, nomunosib odamlar uchun o'zingga nisbatan yetarlicha nohaqlik qilmadingmi? Odamlar keladi va ketadi. Qoladigani esa faqat sensan. O'zingga o'zing uchun g'amxo'rlik qil. Oʻzingni o'zing uchun ehtiyot qil. Hamma ketadi, sen qolasan. Yiqilsang, oʻzing oyoqqa turasan. Yaralansang, yarangni o'zing davolaysan. Har doimgidek senga "Yoningdaman" deydiganlar boʻladi va yana shuncha dardni bir o'zing yengib o'tasan. Kimdir seni quchib taskin berishiga ehtiyoj sezasan va atrofga boqasan. Tevarak atrofingda bunday kimsaga koʻzing tushmaydi, yana o'zingni bag'ringga bosasan.

