«Oʻzbekiston tarixi. 9-sinf» — 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan darslik bo‘lib, Oʻzbekiston tarixining XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarini yoritadi. Kitobda Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, mustamlakachilik siyosati, jadidchilik harakati, milliy uygʻonish jarayonlari hamda xalqning ozodlik uchun olib borgan kurashlari haqida batafsil maʼlumot berilgan. Darslik tarixiy hujjatlar, xaritalar, rasmlar va topshiriqlar orqali o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.

