• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Baxtiyor Hamidov
• Sahifalar soni: 480
• Muqova: yumshoq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84x108 1/16 (A4)
“O‘zbekiston tarixi 6-7-8-9-10-11-sinflar amaldagi eski va yangi darsliklar yuzasidan mavzulashtirilgan to‘plam” o‘quvchilarga qadim zamonlardan to zamonaviy davrgacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni izchil o‘rganish imkoniyatini beradi. To‘plamda qadimgi shaharlar va davlatlar, sivilizatsiyalarning shakllanishi, ajdodlarimizning yaratuvchanligi hamda jasorati haqida muhim ma’lumotlar jamlangan. Unda nafaqat sanalar va voqealar, balki insoniyatning bebaho tajribasi va ma’naviy merosiga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur qo‘llanma o‘quvchilarga sabrli bo‘lish, Vatanga sadoqat va boshqa xalqlarning tarixi hamda madaniyatiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

