1992 yil 8 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.
Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Asosiy Qonunimiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlar talablariga to‘la mos holda, inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab berdi. Insonning maʼnaviy kamol topishi va har tomonlama uyg‘un rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
ISBN: 978-9910-9690-5-8
Qog‘oz formati: А6
Muqovasi: Yumshoq
Betlar soni: 112
Chop etilgan yili: 2023
Nashriyot: "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi
Yozuv: Lotincha
Til: O'zbekcha

