Mazkur lug‘atda o‘zbek tilidagi eng ko‘p ishlatiladigan 2 mingdan ortiq turg‘unlashgan ibora tanlab olingan va turk tilida izohlangan. Dastlab, iboraning maʼnosi turk tilida izohlandi, agar o‘zbek tilidagi frazeologizmning muqobili turk tilida mavjud bo‘lsa, ibora izohidan keyin berildi. Lug‘at o‘zbek yoki turk tilini o‘rganayotgan talabalarga, mustaqil izlanuvchilar, tarjimonlar va mutaxassislar foydalanishiga mo‘ljallangan.
Mualliflar: Maʼrufjon Yo‘ldoshev, Sinem Kuchukag‘ao‘g‘lu - Tunch (Turkiya), Zuhra Yo‘ldasheva

