Silikon qolip pishiriqlar, keksa, maffin, piroshniy, shokolad, muz va desertlar tayyorlash uchun juda qulay va ko'p funksiyali oshxona anjomidir. Yuqori sifatli, oziq-ovqat uchun xavfsiz va issiq-sovuqqa chidamli silikondan tayyorlangan. Forma pishirish jarayonida hid chiqarmaydi, xamir va boshqa mahsulotlar unga yopishib qolmaydi hamda tayyor desertlar juda oson ajralib chiqadi. Ushbu silikon qolip 15 ta gul shaklidagi katakchalardan iborat bo'lib, uy sharoitida va professional konditerlar uchun ajoyib yordamchidir.

