








Ko'p martalik kalligrafik to'plam
• Ko‘p martalik husnixat daftari
• O'zbek tilida husnixat kitobi
• Yo‘qoluvchi siyohli maxsus ruchka
• Siyoh qurigach yozuv o‘chib ketadi
• Ruchka uchun elastik ushlagich mavjud
Bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘p martalik husnixat to‘plami yozishni o‘rganishni yanada oson, qiziqarli va samarali qiladi. Ushbu to‘plam yordamida bolalar harflar, sonlar va oddiy so‘zlarni chizib yozish usuli orqali tezroq o‘zlashtiradilar hamda chiroyli husnixat shakllantirishni boshlaydilar.
To‘plam ichida husnixat daftari mavjud bo‘lib, ular alifbo harflari, oddiy so'zlar,atoqli otlar, maktabdagi daftar yuziga yoziluvchi sozlar shabloni, raqamlar va hisoblash mashqlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, har xil qiziqarli topshiriqlar bolaning mantiqiy fikrlashi, diqqatini jamlashi va qo‘l motorikasini rivojlantirishga yordam beradi.
Maxsus yo‘qoluvchi siyohli ruchka bilan yozilgan yozuv bir necha daqiqadan keyin o‘chib ketadi, shu sababli daftarlarni qayta-qayta ishlatish mumkin. Bu esa bolaga cheksiz mashq qilish imkonini beradi va oddiy daftarlarni tez tugatib qo‘ymaslikka yordam beradi.
To‘plamga 5 ta almashtiriladigan siyoh sterjeni hamda ruchkani to‘g‘ri ushlash uchun maxsus elastik dasta kiradi. Elastik ushlagich bolalarning ruchkani qulay ushlashi va yozish paytida qo‘l holatini to‘g‘ri shakllantirishiga yordam beradi.
Ushbu husnixat to‘plami maktabgacha tayyorlov, uy sharoitida mustaqil mashg‘ulotlar va ilk ta’lim jarayonlari uchun juda qulay hisoblanadi. 3 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya etiladi.

