Mazkur lug'atda ilk marta ona tilimizning boyligi hisoblangan leksik sinonimlarning keng qamrovli leksikografik talqini amalga oshirildi. Lug'atdan leksik sinonimlarning leksikografik izohlari, sinonimik qatordagi so'zlarning ma'no nozikliklari, bu ma'noviy farqlanishlarni dalillovchi, ijobiy-salbiy bahosi hamda uslubiy o'ziga xosliklarini ko'rsatuvchi illyustrativ misollar o'rin olgan. Lug'atga faqat mustaqil so'zlardan iborat sinonimik qatorlargina emas, balki yordamchi so'z turkumlari doirasidagi sinonimik qatorlar ham kiritilgan. Lug'at o'zbek tilshunosligi va turkiyshunoslik bo'yicha mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy ta'lim muassasalarining o'qituvchilari va talabalari, shuningdek, keng o'quvchilar ommasi uchun moʻljallangan

