• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025
• Tuzuvchi: Hamid Qurbonboyev, Alisher Yo‘ldashaliyev
• Sahifalar soni: 256
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Mazkur qo‘llanma ona tili fanining sintaksis bo‘limi bo‘yicha test savollarini o‘z ichiga oladi. Unda so‘z birikmalari, gap bo‘laklari, sodda va qo‘shma gap turlari kabi mavzular osondan murakkabga qarab tizimli tartibda joylashtirilgan. Ko‘plab o‘quvchilar morfologiya – so‘z turkumlarini - yaxshi o‘zlashtirsalar-da, sintaksis bo‘limida qiynalishadi. Shu bois ushbu kitob aynan sintaksis bo‘limiga kengroq e’tibor qaratib, testlarni bosqichma-bosqich tartibda taqdim etadi. Har bir savol o‘quvchini keyingi murakkab mavzuga tayyorlab boradi. Natijada testlarni ishlash jarayonida mavzular qiyinligi sezilmaydi va mustahkam o‘zlashtiriladi.
Ayniqsa, milliy sertifikat, attestatsiya, imtihon va olimpiadalarga tayyorlanayotganlar uchun ishonchli yordamchi!
Bu kitob “O‘zbek tili A+ testlar-1” (fonetika, leksikologiya, morfologiya bo‘limlari)ning mantiqiy davomi bo‘lib, to‘liq sintaksis bo‘limi tadqiqiga qaratilgan.
Ushbu ikki kitob — ona tilidan repetitorlikni boshlamoqchi va o‘zbek tili grammatikasini mustaqil o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun qiyosi yo‘q qo‘llanma desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

