• Til: O'zbekcha
• Yozuv: Lotin
• Betlar soni: 160
• Muqovasi: Yumshoq
• Qog‘oz formati: A5
• Chop etilgan yili: 2025
O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning she'r va muxammaslaridan tarkib topgan mazkur to'plam shoirning juda katta ijodiy merosi hisoblanadi.
Erkin Vohidov she'rlarini o'qishda saralashga hojat yo'q: qaysi satrini o'qimang, xoh katta yoshli, xoh bugungi davr farzandi bo'lsin, she'rlar zamiridagi faqat so'z san'atkorigagina xos bo'lgan haqiqatlardan boxabar boʻlasiz.
Millatning sha'ni-g'ururi toptalgan, tarix darsliklarimizda xalqimizning shonli o'tmishi qora boʻyoqlar bilan bulg'angan, har tongda kuylanadigan davlat madhiyasi ulug' og'aga, partiyaga hamdu sanolar bilan boshlanadigan zamonlarda kechmishning shonli sahifalarini ulug'lovchi "Oʻzbegim" qasidasi g'ayrirasmiy milliy madhiyaga aylandi. Qasida shoirni mashhur qilgan sara sheʼrlaridan biridir.

