«Kamolot kutubxonasi» ruknida nashrga tayyorlangan navbatdagi kitobda o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Erkin Vohidovning she‘r, doston, hajviya, muxammas va tarjimalaridan tarkib topdi.
Aslida Erkin Vohidov she‘rlarini saralashga hojat yo‘q: qaysi satrini o‘qimang, kitobga kiritgingiz, mutolaaga kirishgan o‘quvchiga xoh katta yoshli, xoh bugungi davr farzandi bolsin, shoir ijodini taqdim etgingiz, she‘rlar zamiridagi faqat so‘z san’atkorigagina xos bo‘lgan haqiqatlardan boxabar etgingiz keladi.

