AXMA kompaniyasining "Dengiz musaffoligi" oyna yuvish vositasi har qanday yaltiroq yuzalardan qurigan suv tomchilari izlarini, kir, chang, qo‘l izlari va boshqa iflosliklarni samarali ravishda yuvib tashlaydi. Faol tarkibiy qismlari tufayli u yog‘och va plastik yuzalarni, sayqallangan yog‘och va toshni, laklangan materiallarni va boshqa yuzalarni tozalash uchun ham ishlatilishi mumkin. Vosita dog‘ va izlar qoldirmaydi, sirtga yaltiroqlik beradi, dengiz musaffoligining yoqimli hidiga ega.
Qo‘llash usuli: purkagich jo‘mragini SPRAY (purkagich) yoki STREAM (oqim) ko‘rsatkichi yuqoriga chiqishi uchun burang, vositani ifloslangan yuzaga bir tekisda surting. Yumshoq, tuksiz mato bilan arting.
Tarkibi: deionlangan suv, izopropil spirti, <5% anionli yoki noionogen sirt faol moddalar, kompleks hosil qiluvchilar, funksional qo‘shimchalar, xushbo‘ylantiruvchi moddalar, bo‘yoqlar.
Saqlash shartlari: 0 dan +25°C gacha bo‘lgan haroratda, quruq joyda saqlanadi. °
Ehtiyot choralari: bolalar va hayvonlardan saqlang, oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida saqlang, ko‘zga tushishidan saqlaning, tushsa suv bilan yuving!
Yaroqlilik muddati: 24 oy.


