Napoleon Xill insonlarni o‘zidagi ichki imkoniyatlar va qobiliyatlarni ishga solgan holda baxtli va badavlat bo‘lishni o‘rgatuvchi ko‘plab asarlari bilan dunyoga tanilgan. Uning o‘z aql-zakovatini ishga solgan holda boyishni talqin qiluvchi falsafasi yordamida ko‘plab insonlar sog‘lom, baxtli va badavlat bo‘lishning uddasidan chiqqanlari esa haqiqat. Sinchiklab o‘qisangiz, bu asarlar sizni ham maqsadingizga yetishga ruhlantiradi.

