Rapoo VH500S — G‘alaba uchun har bir tovush muhim! O‘yin davomida dushmanning qayerdan kelayotganini aniq bilishni istaysizmi? Rapoo VH500S o‘zining zamonaviy texnologiyalari bilan sizga ustunlik beradi.
Nima uchun ushbu naushnikni tanlash kerak?
- 7.1 Virtual Surround Sound: Maxsus dasturiy ta'minot yordamida hosil qilinadigan 360 darajali ovoz sizga o‘yin ichida bo‘lish hissini beradi.
- 50 mm Katta Drayverlar: Yuqori aniqlikdagi dinamiklar chuqur bas va tiniq o‘rta-yuqori chastotalarni ta'minlaydi. Na o‘yinda, na musiqada kamchilik sezasiz.
- ENC Shovqinni kamaytiruvchi mikrofon: Atrofdagi shovqinlarni filtrlash orqali ovozingizni jamoadoshlaringizga tiniq yetkazadi. Mikrofonning egiluvchanligi uni o‘zingizga moslash imkonini beradi.
- RGB Atmosferasi: Naushnikning yon tomonlaridagi aylanma RGB chiroqlar geymerlik muhitini yanada boyitadi.
- Ergonomik dizayn: O‘z-o‘zidan moslashuvchan bosh tasmasi va sun'iy teridan ishlangan yumshoq quloqchinlar (ambushyuralar) bosimni teng taqsimlaydi va uzoq o'yinlarda quloqni charchatmaydi.