MSI MAG 275QF — professional geymerlar va yuqori sifatli tasvirni qadrlaydigan foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilgan premium monitor. 27 dyuymli WQHD (2560×1440) ekran Full HD'ga nisbatan ancha tiniq va batafsil tasvirni taqdim etadi.
Rapid IPS panel yorqin ranglar va keng ko‘rish burchagini ta'minlaydi. 320Hz yangilanish chastotasi hamda 0.5 ms GTG javob vaqti tufayli harakatlar maksimal darajada silliq va aniq aks etadi. Adaptive Sync, HDR, Anti-Flicker va Less Blue Light texnologiyalari o‘yin va uzoq muddat ishlash vaqtida maksimal qulaylik yaratadi.

