IMMER IV27GF540 — professional geymerlar va kiber sport ishqibozlari uchun yaratilgan premium 27 dyuymli monitor. Full HD (1920×1080) IPS panel yorqin ranglar va keng ko‘rish burchagini taqdim etadi. Ultra yuqori 540Hz yangilanish tezligi va juda silliq tasvir harakati tufayli FPS, MOBA va boshqa tezkor o‘yinlarda maksimal ustunlik beradi.
Monitor 2×DisplayPort, 2×HDMI, Audio Out va ichki karnaylar bilan jihozlangan. Ergonomik HAS stend balandlikni sozlash imkonini beradi, RGB dizayni esa zamonaviy gaming uslubini ta'kidlaydi.

